Qizilqum davlat qo'rixxonasi

Introducing

“Qizilqum” davlat qo‘riqxonasi dengiz sathidan 150 metrdan 180 metrgacha balandlikdagi hududni uz ichiga oladi. Amudaryoning o‘rta oqimida daryo odog‘idagi hamda Janubi-G‘arbiy Qizilqum cho‘lining kichik bir qismi. Qo‘riqxonaning  umumiy yer maydoni 10311 gektardan iborat bo‘lib,  ikki viloyat hudidida joylashgan: shundan – 8844 ga Xorazm viloyatining Tuproqqala tumanida, 1467 ga Buxoro viloyatining Romitan tumanida joylashgan.  Umumiy yer maydonining 7134 gektari Qizilqum cho‘l zonasi va 3177 gektari Amudaryo o‘zani qirg‘og‘idagi tug‘ay zonasidan iborat.

Tabiiy sharoiti: Qizilqum davlat qo‘riqxonasi iqlimi cho‘l iqlimi bo‘lib, juda quruq havo hukm suradi, yoz faslida harorat +400S, +470S gacha ko‘tarilsa, qish faslida
-200S, -250S gacha pasayishi kuzatiladi. Yog‘ingarchilik asosan bahor faslida kuzatiladi. Hudud keskin kontinental, yaʼni tez o‘zgaruvchan tipda bo‘lib, issiqlik va yorug‘likning ko‘p tushishi, qurg‘oqchil xarakterdaligi bilan ajralib turadi. Tuproq qatlamining asosiy qismi jigarrang-karbonatli xususiyatga egadir. Qo‘riqxona hududidan tashqari joylarda asosan tipik bo‘z tuproq tarqalgan.

Florasi: “Qizilqum” davlat qo‘riqxonasida 275 turdan ortiq o‘simliklar aniqlangan bo‘lib, shundan 4 turi O‘zbekiston Respublikasi “Qizil kitobi”ga kiritilgan turlardir.

Faunasi: Qo‘riqxonada hozirgacha umurtqali hayvonlardan  37 tur sutemizuvchilar, 266 tur qushlar, 29 tur  sudralib yuruvchilar, 2 tur suvda va quruqlikda yashovchi, 25 tur baliqlar sinfiga mansub bo‘lgan hayvonlar uchrashi aniqlangan bo‘lib, sutemizuvchilarning 8 turi, qushlarning 32 turi, sudralib yuruvchilarning 3 turi, baliqlarning 8 turi O‘zbekiston Respublikasi “Qizil Kitobi”ga kiritilgan.

Hudud  qo‘shni Turkmaniston Respublikasi bilan to‘liqligicha davlat chegarasi zonasida va Xorazm viloyati markazi Urganch shahridan 220 km, Buxoro viloyati markazi Buxoro shahridan 250 km  uzoqlikda joylashgan.

Qo‘riqxonaning eng yaqin aholi punktlari: sharqda 5 km uzoqlikda Qizil ravot qishlog‘i, g‘arbiy-shimolda qo‘riqxona chegarasidan 15 km uzoqlikda joylashgan Xorazm viloyatining Tuproqqalʼa qishlog‘idir.

Qo‘riqxonaning maʼmuriy binosi Buxoro viloyati, Romitan tumani,                                                Qizil Ravot qishlog‘ida joylashgan.

Visit time

Ish kunlari soat 12:00 dan 20:00 gacha (qishda 17:00 gacha) Dam olish va bayram kunlari soat 09:00 dan 21:00 gacha (qishda 17:00 gacha)

No places

Bu park uchun rasm mavjud emas.

Latest news View more